Qayerda: Tailand
Ariza topshirish muddati: 2018-yilning 30-iyunigacha
Kim uchun: Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Umumiy ma’lumot: King Mongkut Texnologiya Instituti (KMITL) butun dunyodan kelgan talablar uchun bakalavr dasturi davomidagi to’liq o’qish pulini qoplab beruvchi grantlarni taklif qiladi.
O’qish sohasi: Nomzodlar universitetda mavjud istalgan sohani tanlashi mumkin.
Iqtisodiy ta’minot:
Universitet quyidagi stipendiyali dasturlarni taqdim etadi:
- International College Undergraduate Scholarship for International Students: Kontrakt pulini to’liq qoplab beradi
- Full Scholarship: Kontrakt pulini to’liq qoplab beradi
- Merit Scholarship: Yiliga 10,000 Baht (taxminan 306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya
- Hardship Scholarship: Yiliga 10,000 Baht (taxminan 306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya
- Activity Scholarship: Yiliga 10,000 Baht (taxminan 306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya
- Student Awards for Academic and Athletic Achievement: Yiliga 50,000-10,000 Baht (taxminan 153-306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya
Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni:
- International College Undergraduate Scholarship for International Students: Har bir yo’nalish bo’yicha 1-2 ta
Full Scholarship: 38 ta
Merit Scholarship: 400 ta - Hardship Scholarship: 800 ta
- Activity Scholarship: 200 ta
- Student Awards for Academic and Athletic Achievement: Aniq belgilab qo’yilmagan
Nomzodga qo’yilgan talablar:
- Tailand fuqarosi bo’lmasligi;
- Biror bir OUV ga qabul qilingan va kelasi yili o’qishni boshlash arafasida bo’lgan bo’lishi kerak;
- TOEFL testini topshirib qoniqarli natijaga erishgan bo’lishi kerak;
- Yuqori maktab(ya’ni akademik litsey yoki kollej) ni GPA, ya’ni o’rtacha baholash tizimi bo’yicha 4 (yoki shunga teng) dan kamida 3 baho bilan yakunlagan bo’lishi kerak.
Hujjat topshirish tartibi:
Quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- Onlayn portal orqali ariza formasi to’ldiriladi va topshiriladi
- Quyidagi hujjatlar tayyorlanadi:
- Passport fotonusxasi
- Oxirgi reyting ballari transkripti. Ariza to’ldirilganda fotonusxasini jo’natish mumkin, lekin intervyu kuni asl nusxasi taqdim qilinadi
- Standardlashtirilgan testlardan olingan ball natijalari
- Akademik portfolio (agar mavjud bo’lsa) va boshqa hujjatlar arizaga qo’shimcha jo’natilishi yoki intervyu payti hakamlarga taqdim qilinishi mumkin.1. Barcha hujjatlarni joylashtirgan holda onlayn ariza topshirish tizimi orqali
- 2. Registratsiyadan o’tkazilgan mail yoki shaxsan topshirish mumkin
- Arizalar 2 xil yo’l orqali yuborilishi mumkin:
1. Barcha hujjatlarni joylashtirgan holda onlayn ariza topshirish tizimi orqali.
2. Registratsiyadan o’tkazilgan mail yoki shaxsan topshirish mumkin.
Batafsil SHU YERDA (https://www.ic.kmitl.ac.th/index.php/admission/scholarships) tanishing.