Quantcast
Channel: Bakalavr – Grantlar
Viewing all 28 articles
Browse latest View live

Global Bakalavr Almashinuv dasturi 2018-2019 – UGRAD 2018-2019

$
0
0

Qayerda: AQSh

Ariza topshirish muhlati: 1-yanvar, 2018

Kim uchun:  universitetlarning 1, 2, 3, 4 kursida o’qiyotgan talabalar uchun

Grant turi: Balakavr uchun

Umumiy ma’lumot: Tanlov AQSh ta’lim va madaniyat departamenti tomonidan o’tkazilib kelinadi. Ushbu tanlovda irqiy, diniy, jinsiy, milliy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha nomzodlarga tavsiya etiladi. G’olib nomzodlar o’z sohasi bo’yicha kamida ikkita fan va ixtiyoriy ravishda AQSh tarixi, san’ati, adabiyotiga bog’liq bo’lgan bitta fanni o’qish talab qilinadi.

Grant miqdori:  grant to’liq beriladi va u Universitet kontrakt to’lovini, AQShga borish, AQShdan aviabiletlarini, yotoqxona, tibbiy sug’urta, kerakli adabiyotlar uchun xarajatlarni, va oylik stipendiyani o’z ichiga oladi.

Universitetlar: Universitetlar ushbu dastur tashkilotchilari tomonidan tanlanadi. Qatnashish shartlari: ushbu dasturga irqi, diniy e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, universititetlarning 1, 2, 3, 4 bosqichida ta’lim olayotgan talabalar topshira oladi. Qatnashuvchi talaba tanlov vaqtida:

  • 18 yoshga to’lgan;
  • O’zbekiston fuqorosi va O’zbekistonda yashayotgan;
  • O’zbekistonda kunduzgi ta’limda o’qiyotgan bo’lishi;
  • kamida bir smesterni yakunlagan;
  • Universitetni bitirishiga kamida bir smesteri qolgan;
  • Ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan;
  • Almashinuv visasini (J-1) ola oladigan;
  • 2018 yil, avgust AQShda o’qishni boshlay oladigan (Ingliz tili kurslari uchun);
  • 2019 yil yanvar asosiy smester darslarni boshlaydiganlar uchun;
  • A’lo baholarga o’qish, volontyorlik va liderlik qobiliyatlarini ko’rsata oladigan bo’lishi kerak.

Dastur tugatgan talaba O’zbekistonga qaytib ketish majburiyatini oladi. AQSh va AQShga doir tajribasi kam va bo’lmaganlarga ko’proq imkoniyat beriladi.

Hujjat topshirish tartibi: hujjatlar ingliz tilida bo’lishi va 1 yanvar, 2018 yilgacha onlayn topshirilishi kerak. Arizalarni SHU YERDA onlayn to’ldiriladi. Odatda, Dastur uchun dasturning ariza formasi, insho, passport, ikkita tavsiyanoma, baholar reytingidan ko’chirma, portfolio so’raladi.

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni shu yerdan:

Toshkentdagi AQSh elchixonasi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani 5 kvartal, Moyqo’rg’on ko’chasi, 3. Indeks 100093.

Tel: +99871 120 54 50 Batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!


Kembridj universiteti stipendiyasi

$
0
0

Qayerda: Buyuk Britaniya

Kim uchun: Bakalavr, magistr va PhD darajasida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muddati: Bakalavr bosqichi uchun 2017-yilning 15-oktabri; Magistrlik va PhD darajasi uchun 2017-yilning 6-dekabrigacha

Umumiy ma’lumot: 2013-yil 1-avgustda Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti tomonidan «The Cambridge Commonwelth, European and International Trust» stipendiyali dasturi tashkil etildi va ushbu dastur har yili e’lon qilib boriladi. Ushbu dasturning maqsadi – ilmiy darajalarni olish uchun o’qiyotgan xalqaro talabalarni iqtisodiy qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Dastur yiliga o’rtacha 400 ta talabani stipendiya bilan ta’minlaydi.

Iqtisodiy ta’minot: Stipendiyani qo’lga kiritgan talabalar quyidagi iqtisodiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Universitetda o’qish uchun kontrakt puli to’lab beriladi;
  • Yillik stipendiya bilan ta’minlanadi (bir kishiga hayot kechirish uchun yetarli miqdorda);
  • Borish va kelish uchun transport to’lovi.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  1. Millati. Millatidan qat’i nazar, har qanday nomzod ushbu dasturga topshirishi mumkin.
  2. Holati (Status). Dasturga faqat to’liq o’quv kursida o’qiyotgan talabalar topshirishi mumkin (zaochniy o’qiyotganlar/o’qimoqchi bo’lganlar topshira olmaydi).
  3. Ilmiy darajasi. Nomzod Kembridj universitetida bakalavr yoki magistr yoxud PhD darajasida o’qish uchun hujjat topshirayotgan bo’lishi lozim. Ta’kidlash joizki, bakalavrda o’qish uchun hujjat topshirayotgan talabalarga ajratiladigan stipendiyali o’rinlar magistrlik yoki PhD bosqichida o’qish uchun ajratilgan kvota sonidan ancha kam (mos ravishda 15 va 85 foiz).
  4. Dastur talabalar almashinuvi (exchange) yoki doktorlik darajasidan keyingi tadqiqotlar uchun stipendiya ajratmaydi.

Ta’lim sohasi: Nomzod Kembridj universitetida mavjud sohalardan istalgan biriga hujjat topshirishi mumkin. Tanlangan sohaga hujjat topshirish sanasi ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Sohaga qarab hujjat topshirish muddati farq qilishi mumkin.

Hujjat topshirish va qabul jarayoni: Barcha nomzodlar Kembridj universitetida belgilangan tartibida kerkali hujjatlarni topshirishi va universitetga qabul qilisnishi kerak. Dastur nomzodning universitetga qabul qilinishi uchun yordam ko’rsatmaydi, bu butunlay nomzodning mas’uliyati. Shuningdek, Kembridj universitetiga hujjat topshirish uchun belgilangan talablar mavjud va nomzod ushbu talablarga javob berishi lozim. Ushbu talablar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Shuningdek, bakalavriat hamda magistratura va PhD’ga hujjat topshirish muddatlari haqida ham tanishib chiqish tavsiya qilinadi. Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Kentukky universitetining «International Ambassador Scholarship» dasturi

$
0
0

Qayerda: AQSh, Kentukky shtati

Kim uchun: Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muddati: 2018-yilning 15-fevraligacha

Umumiy ma’lumot. AQShning Kentukky universiteti bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun «International Ambassador Scholarship» stipendiyali dasturini e’lon qildi.

Nomzodga qo’yilgan talablar: 

  1. Nomzod xorijiy talaba bo’lishi lozim.
  2. Liderlik yoki volontyorlik yoxud boshqa shakldagi tajribani o’z ichiga olgan hamda ushbu stipendiyaga munosib eknligini ko’rsatib beradigan bir bet hajmidagi insho topshirilishi kerak.
  3. Bitta tavsiyanoma (Recommendation).
  4. Baholanga non-rezident ta’lim puli (Assessed non-resedent tuition). Bu tanlangan yo’nalish uchun to’lanadigan kontrakt puli hisoblanadi va ta’lim yo’nalishiga qarab farq qilishi mumkin. Bir semestr uchun o’rtacha ta’lim puli – 6-7 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
  5. GPA yoki SAT uchun qo’yilgan talab mavjud emas. Lekin universitetdan oldingiz ta’lim muassasasida olingan baholarning yuqoriroq bo’lishi nomzodning tanlanish ehtimolini oshiradi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi egallagan bo’lishi lozim. Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) so’ralishi mumikin.

Ta’lim sohasi: Nomzod Kenttukky universitetida mavjud har qanday ta’lim yo’nalishini (sohani) tanlashi va o’sha yo’nalishga topshirishi mumkin.

Iqtisodiy ta’minoti: Stipendiyani qo’lgan kiritgan talabaga ta’li puli (tuition feening) ning 3000 ming dollaridan 50 foizigacha to’lab beriladi.

Stipendiya berilishi nazarda tutilgan talabalar soni: Belgilanmagan.

Hujjat topshirish jarayoni: So’ralgan hujjatlarning barchasi e-mail orqali yuboriladi. Yozilgan insho, tavsiyanoma, ism-familiyangiz (pasportda qanday yozilgan bo’lsa, xuddi shunday bo’lishi kerak), nomzodning talabalik nomeri (ID number) va tug’ilgan yilingizni audra.cryder@uky.edu elektron manziliga «International Scholarship Selection Committee» mavzusi bilan yuboring.

Eslatma: Ushbu stipendiya dasturiga topshirishdan oldin Kentukky universitetidan ro’yxatdan o’tish lozim. Ro’yxatdan o’tish uchun MANA SHU HAVOLADADAN foydalaning.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Turkiyada Bakalavr va Magistraturada o’qish uchun grantlar

$
0
0

Qayerda: Turkiya

Ariza topshirish muhlatlari: Magistratura uchun: 5-fevral- 5 –mart 2018-yil; Bakalavr: 16-april- 14-may 2018-yil;

Kim uchun: bakalavr va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Umumiy ma’lumot:

Turkiya davlati Turkiyadagi nufuzli universitetlarda  ta’lim olish uchun xalqaro talabalarga grantlar dasturini taklif qiladi.

Grantlar dasturi  3 ta bosqich uchun o’qishga qabul qiladi:

  1. Bakalavr
  2. Magistratura

Dastur yo’nalishlari turlicha bo’lib, ular haqida har bir universitetdan kengroq ma’lumot olish so’raladi. Dastur san’at, sport, tibbiyot, qishloq xo’jaligi, gumanitar fanlar, ijtimoiy hamda ma’muriy soha,  ilm-fan va texnologiya, muhandislik, turk tili kabi keng yo’nalishlarni qamrab oladi.

Kim uchun:

Dastur barcha xalqaro talabalarga ochiq. Turkiyada o’qiyotganlar dasturda ishtirok eta olmaydi.

O’qish tili universitetga va arizachi tanlagan sohaga qarab turk, ingliz va fransuz, arab tillarida olib boriladi. Barcha ishtirokchilar, o’qish tili ingliz yoki boshqa tilda bo’lishiga qaramay, o’qish boshlanishidan oldin bir yil Turkiyada turk tilini o’rganishi lozim. Turk tilini o’rganish davomida ham barcha yashash, o’qish va boshqa xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi. Arizachilardan turk tilini bilish talab etilmaydi (o’qish turk tilida bo’ladigan dasturlar uchun ham).

Dasturda ishtirok etadigan ba’zi universitetlar ayrim yo’nalishlardagi o’qishni ingliz yoki fransuz, arab tilida taklif etadi. Bu tildagi dasturlarda ishtirok etishni istovchilar bu tillarni bilishini tasdiqlovchi test natijalariga ega bo’lishi kerak (IELTS, TOEFL va fransuz tili uchun maxsus test natijalari). Turk tilidan boshqa tilda olib boriladigan dasturlar ba’zi yo’nalishlar uchun GRE, GMAT, SAT kabi xalqaro test natijalarini so’rashi mumkin. Ariza topshirish jarayonida universitet hamda undagi yo’nalishni tanlayotgan paytingiz bu haqda kengroq ma’lumot olishingiz mumkin.

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun talablar:

  • Turkiya davlati fuqarosi bo’lmasligi lozim;
  • Ariza topshirish jarayonida Turkiyadagi boshqa universitet talabasi bo’lmaslik;
  • O’rtacha bahosi 70 %dan kam bo’lmagan( sohalarga qarab farqlanadi);
  • 01.1996 dan keyin tug;ilgan bo’lish;

 Magistratura uchun talablar:

  • Turkiya davlati fuqarosi bo’lmasligi lozim;
  • Ariza topshirish jarayonida Turkiyadagi boshqa universitet talabasi bo’lmaslik;
  • 2016-yilning 30-iyuligacha bakalavr yoki magistratura diplomiga ega bo’lish;
  • Magistratura uchun ariza topshiruvchi 01.01.1987 yildan keyin tug’ilgan,
  • O’rtacha bahosi 75 %dan kam bo’lmagan;
  • Sog’lom bo’lgan shaxslar bo’lishi kerak.

Grant miqdori:

  • Bakalavr uchun 700, Magistratura uchun 950 turk lirasi miqdorida oylik stipendiya;
  • O’qish xarajatlari;
  • Bir yil bepul turk tili kurslari;
  • Tekin turar-joy;
  • Ishtirokchi davlatidan Turkiyaga kelib ketish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Mazkur saytda onlayn ariza to’ldirish shaklini bosib, u yerda o’zingiz uchun sahifa (account) oching. Arizani to’ldirish jarayonida sizdan ilova qilinishi lozim bo’lgan hujjatlar so’raladi. Dasturda ishtirok etayotgan universitetlar hamda ularning yo’nalishlari haqida ariza jarayonida yoki SHU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatma: Arizalar faqat elektron ko’rinishda qabul qilinadi. Pochta orqali yoki shaxsan arizalarni topshirish mumkin emas!

Savollar tug’ilsa info@turkiyeburslari.org elektron pochta manziliga xabar yo’llashingiz mumkin

ESLATMA: “Türkiye burslari Scholarships” dasturi doktorantura uchun ham mavjud, biroq O’zbekiston fuqarolari faqat bakalavr va magistratura bosqichlari uchun ariza topshirishlari mumkin

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Avstraliyada o’qish uchun 100 foizlik grant

$
0
0

Qayerda: Avstraliya

Kim uchun: Bakalavr yoki magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muddati: 2018-yilning 15-yanvarigacha

Umumiy ma’lumot: Avstraliyaning Monash universiteti xalqaro talabalarga 100 foizlik grant asosida ta’lim olish imkoniyatini beruvchi Monash International Leadership Scholarship dasturini e’lon qildi. Dastur iqtidorli xalqaro talabalarni iqtisodiy qo’llab quvvatlashga qaratilgan bo’lib, nomzod dasturga topshirishdan oldin Monash universitetiga topshiri va qabul qilinishi kerak.

Iqtisodiy ta’minot: Dastur stipendiyasini qo’lga kiritganlarga ta’lim puli (tuition fee) to’liq to’lab beriladi. Biroq Bachelor of Medical Science; Doctor of Medicine; Master of Business Administration (MBA); Monash Pathway programs yo’nalishiga topshirgan talabalar ushbu dasturga hujjat topshira olmaydi. Qolgan har qanday yo’nalishga qabul qilingan talaba dasturda ishtirok etishi mumkin.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Nomzod xorijiy talaba bo’lishi lozim.
  • Nomzod Monash universitetining bakalavr yoki magistrlik yo’nalishlaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi lozim.
  • Tanlangan yo’nalishga to’liq o’qishga qabul qilinishi kerak. Sirtqi va uzaytirilgan kurslarga topshirganlar dasturda ishtirok etolmaydi.
  • Talaba bir vaqtning o’zida boshqa dastur stipendiyasini olayotgan bo’lmasligi kerk.
  • Ingliz tilini bilishi lozim. Ingliz tilini bilish darajasiga qo’yilgan talablar (IELTS, TOEFL) tanlangan yo’nalishga qarab farq qiladi.

Nomzodni tanlashda nimaga e’tibor qilinadi:

  • Ta’limda erishgan yutuqlariga (o’rtacha bahoning yuqoriligi);
  • Ariza topshirishda yozilgan shaxsiy izoh (personal statement) ga qarab baholanadi.

Stipendiya berilishi rejalashtirilgan talabalar soni: 4 ta.

Dasturga yuborilishi lozim bo’lgan ariza namunasi bilan SHU YERDA tanishing. To’ldirilgan ariza quyidagi manzilga yuboriladi:
Central Admissions
Monash Connect, Clayton Campus
21 Chancellor’s Walk, Campus Centre
Monash University
VIC 3800, Australia.

Eslatma: Ushbu dastur har yili va har semester uchun e’lon qilinadi. Kuzgi semestrda boshlanadigan o’quv yili uchun hujjatlar yiiga uch marta topshiriladi va ularning muddatlari quyidagicha: 15-oktabr, 15-noyabr, 15-yanvar. Bahorgi semestrda boshlanadigan o’quv yili uchun hujjat topshirish muddatlari quyidagicha: 15-mart, 15-aprel, 15-may.

Qiziqtirgan savollar yuzasidan dastur tashkilotchilari bilan bog’lanish va savollarga javob olish mumkin. Savollar va dastur tashkilotchilar bilan mu.documents@monash.edu elektron manzili orqali bog’lanish mumkin.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Avstraliya: Adelaida universiteti bakalavrlar uchun grant e’lon qildi

$
0
0

Qayerda: Avstraliya

Ariza topshirish muhlati: 2018-yil 19-yanvar

Kim uchun: Bakalavr bosqichida tahsil olishni xohlovchilar uchun

Umumiy ma’lumot: Adelaide universiteti 2018-2019 o’quv yili uchun bakalavr bosqichida tahsil olishni xohlovchilar uchun to’liq bo’lmagan grant e’lon qildi. Adelaide universiteti Avstraliyaning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi hamda ta’lim  va tadqiqot sifati bilan shuhrat qozongan. Stipendiya, bir nechta istisnolarni hisobga olmaganda, istalgan mutaxassislik bo’yicha xalqaro talabalarga taqdim etiladi.

Stipendiya haqida batafsil:

  • Hujjatlar 2018-yil 19-yanvarga qadar qabul qilinadi.
  • Stipendiya Adelaide universitetida bakalavr bosqichini o’qimoqchi bo’lganlar uchun beriladi.
  • Stipendiya tibbiyot, jarrohlik, stomatologik jarrohlik, og’iz salomatligi va veterinar biofandan tashqari boshqa barcha sohalarni qamrab oladi.
  • Stipendiya eng uzog’i 4 yil davom etadigan tahsilni har yili uchun to’lanadigan yillik to’lov-shartnoma pulini 25% miqdorini to’lashdan ozod etadi
  • Stipendiya har yili 40 nafar nomzodga taqdim etiladi
  • Stipendiya Buyuk Britaniyada olinishi mumkin.

Stipendiyani kimlar yutib olishi mumkin:

  • Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari barcha mamlakatlardan xalqaro talabalar stipendiya dasturi uchun hujjat topshirishlari mumkin.
  • Dastur endi xalqaro talaba bo’lishni boshlayotganlar uchun amal qiladi;
  • Avstraliya yoki boshqa mamlakatlarda o’rta ta’lim va o’rta-maxsus ta’limni olgan, yoki bakalavr bosqichidagi tahsilni Adelaide universitetiga ko’chirmoqchi bo’lganlarning ham dasturga hujjati qabul qilinadi.

Til bilishga qo’yiladigan talablar: Universitetda amal qiladigan ingliz tilini bilish darajasini aniqlaydigan imtihonlar IELTS, TOEFL, Pearson Test of English – Academic hamda CAE (Cambridge English: ilg’or daraja). Ushbu imtihonlardan o’tganligi bo;yicha sertifikatga ega bo’lmagan talabalar Adelaide universitetiga qabul qilinishdan oldin intensiv ingliz tili kursini talab qilingan darajada qoniqarli tamomlashi kerak bo’ladi. Universitet o’zining ingliz tili markazidagi mos ingliz tili dasturi, Academic English (PEP Pathway) ni taklif qilishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi:

Qanday topshiriladi:

  • Onlayn tarzda;
  • Istalgan vaqtda.
  • Nomzodlar hujjatlarni joylashdan avval universitetdan qabul taklifini olishlari kerak (shartli taklif bilan qabul qilinadigan nomzodlar stipendiya taqsdiqlanishidan oldin shartlarni qabul qilishi va unga javob berishi kerak).
  • Hujjatlarning barchasi hisobga olinadi va hamma stipendiya berilmaguncha doimiy ravishda taklif qilinib boradi.

Barcha rasmiy hujjatlar va ularning ingliz tiliga tarjima qilingan nusxasi asliga to’g’ri ekani tasdiqlanishi kerak.

Onlayn arizani SHU YERDA to’ldirishingiz mumkin.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Niderlandiya: To’liq grant va 500 yevro oylik stipendiya

$
0
0

Qayerda: Niderlandiya

Kim uchun: Bakalavr bosqichida o’qishni istovchilar va Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlar fuqarosi bo’lmaganlar uchun

Hujjat topshirish muddati: 2018-yilning 5-yanvarigacha

Umumiy ma’umot: Maastricht Universiteti bakalavr bosqichida o’qishni istovchilar uchun stiendiya dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur iqtidorli talabalarni iqtisodiy qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan. Stipendiya dasturining davomiyligi maksimal 36 oy.

O’qish sohasi: Ushbu dastur Maastricht universitetining «Liberal Arts and Sciences» fakultetida mavjud yo’nalishlarga amal qiladi (Fakultetda mavjud sohalar: Psychology of Eating, Economics, and Behavioral Change, Biology, Epidemiology of Food, Biochemistry, Datamining va boshqalar)

Iqtisodiy ta`minot: Stipendiyani qo’lga kiritgan talaba quyidagi iqtisodiy qulayliklarni qo’lga kiritadi:

  • Miqdori 10.000 yevro bo’lgan ta’lim puli (tuition fee) to’lab beriladi.
  • Viza xarajatlari – 317 yevro qoplanadi.
  • Sug’urta xarajatlari – 520 yevro qoplanadi.
  • Kundalik xarajatlar uchun har oy – 500 yevro stipendiya beriladi.
  • Turar joy bilan ta’minlanadi.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Nomzod Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat fuqarosi bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod iqtisodiy jihatdan ko’makka muhtoj bo’lishi va «Liberal Arts and Sciences» fakultetiga kuzgi semestrga qabul qilinishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi shart. IELTS minimum 6.0 ball bo’lishi lozim.

Hujjat topshirish jarayoni: Nomzodlar SHU HAVOLA orqali ro’yxatdan o’tishi va MyUM bo’limida so’ralgan hujjatlarni onlayn tarzda yuklashi lozim. Bunda ARIZA to’ldiriladi va nomzodning iqtisodiy holatini ko’rsatuvchi hujjat ham yuklanadi (masalan, ota-onasining maoshini tasdiqlovchi hujjatlar). Tanlov natijalari mart/aprel oylarida ma’lum qilinadi. Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Garvard universitetida kontrakt to’lovi to’liq qoplanadigan stipendiya dasturi

$
0
0

Qayerda: AQSh

Kim uchun: Bakalavr bosqichida o’qimoqchi bo’lganlar uchun

Ariza topshirish muddati: 2018-yilning 1-yanvarigacha

Umumiy ma’lumot: Garvard universiteti talabalarni qo’llab quvvatlash maqsadida «Funding Aid Program» dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur iqtisodiy jihatdan ta’lim olish xarajatlarini to’lashga qiynaluvchilar uchun mo’ljallangan.

Iqtisodiy ta’minot: Ota-onasining yillik daromadi 65 ming AQSh dollaridan kam bo’lgan talabalarga to’liq grant berilishi mumkin. Bunda kontrakt puli (tuition fee) to’lab beriladi hamda AQSHda hayot kechirish uchun ma’lum summada oylik stipendiya bilan ta’minlanadi. SHU YERDA ota-onagiz yillik daromadi va sizning iqtisodiy salohiyatingizni

Hujjat topshirish jarayoni: Dastlab universitet saytida shaxsiy akkaunt ochilishi va universitetga talaba sifatida hujjatlar topshirilishi lozim. Talaba sifatida hujjatlar topshirilayotganda, nomzod qo’yilgan talablarga javob berishi kerak. Talablarga mos bo’lmagan nomzod qabul qilinmaydi. Qanday qilib talaba bo’lish uchun hujjat topshirish kerakligi haqida SHU YERDA tanishing.

Nomzodga qo’yilgan talablar va topshirilishi kerak bo’lgan hujjatlar, odatda, quyidagilar bo’ladi:

  • Common Application, Coalition Application, or Universal College Application.
  • Harvard College Questions for the Common Application or the Universal College Application Harvard supplement.
  • $75 fee or a fee waiver.
  • ACT with writing or old SAT or new SAT with writing.
  • Normally, 2 SAT Subject Tests.
  • School Report and high school transcript.
  • Teacher Report (2).
  • Mid-Year School Report.
  • Final School Report.
  • TOEFL (if you did not attend high school in the US or an English-language high school).

Talablar va kerakli hujjatlar bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Universitetga talaba sifatida topshirish shartlariga to’la mos tushgan va universitetga hujjat topshirgan nozmodlar, «Funding Aid Program» stipendiyali dasturiga ariza berishi mumkin. Ushbu dasturga ariza berish uchun SHU YERNI bosing.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!


«Anhui Government Scholarship» dasturi

$
0
0

Qayerda: Xitoy, Anhui provinsiyasi

Kim uchun: Bakalavriat, magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Ariza topshirish muddati: Tanlangan universitetning hujjat topshirish muddatiga qarab farq qiladi

Umumiy ma’lumot: «Anhui Fovernment Scholarship» dasturi Anhui provinsiyasida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olmoqchi bo’lganlarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo’lib, ushbu dasturga Anhui provinsiyasida joylashgan OTMlarga hujjat topshirayotgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Iqtisodiy ta’minoti:

Talabalar mos ravishda quyidagi miqdorlarda yillik stipendiya bilan ta’minlanadi:

  • Bakalavr bosqichida o’quvchilar – yiliga 20.000 yuan (hozrigi kursda taxminan 3015 AQSh dollari).
  • Magistraturada o’quvchilar – yiliga 30.000 yuan (hozirgi kursda taxminan 4523 AQSh dollari).
  • Doktoranturada oq’uvchilar – yiliga 50.000 yuan (hozirgi kursda taxminan 7538 AQSh dollari)

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  1. Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi, amal qiluvchi xorijiy pasportga ega bo’lishi lozim.
  2. Nomzodda Xitoy tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (HSK, 4 va undan yuqori bo’lishi tavsiya etiladi) bo’lishi kerak. Agar nomzod tanlagan va kirgan universitetda barcha darslar faqat ingliz tilida olib borilsa, HSK o’rniga IELTS yoki TOEFL so’raladi.
  3. Bakalavr bosqichiga topshirmoqchi bo’lganlar yuqori maktab (kollej, litsey) diplomiga ega bo’lishi va 28 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  4. Magistraturaga topshirmoqchi bo’lganlar 40 yoshdan oshmagan bo’lishi, bakalavr diplomiga ega bo’lishi va professor/dekanlardan olingan ikkita tavsiyanomaga ega bo’lishi lozim.
  5. Doktoranturaga topshirmoqchi bo’lganlar 45 yoshdan oshmagan, magistrlik diplomiga ega va professor/dekanlardan 2 ta tavsiyanomaga ega bo’lishi lozim.
  6. Nomzodlar Xitoyda o’rnatilgan qonun va qoidalarga amal qilish va yaxshi o’qish majburiyatini oladi.

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • «Anhui Government Scholarship» dasturining xalqaro talabalr uchun belgilangan arizasi (to’ldirilgan holda).
  • Pasport nusxasi.
  • Diplomning tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan nusxasi.
  • Litsey/kollej/universitetda olingan baholar.
  • Tavsiyanomalarning asl nusxalari.

Eslatma: Anhui provinsiyasidagi ko’pgina OTMlarga hujjat topshirish noyabr oyining oxirigacha davom etadi. Anhui provinxiyasida joylashgan OTMlar ro’yxati va kontaktlari bilan SHU YERDA tanishing.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Venetsiya Ca’ Foscari universiteti: bakalavriat va magistratura uchun 100 ta grant!

$
0
0

Qayeda: Italiya, Venetsiya

Kim uchun: Bakalavriat va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 30-apreligacha

Umumiy ma’lumot: Venetsiyaning Ca’ Foscari universiteti xalqaro talabalarga bakalavr va magistraturada o’qish uchun 100 ta grantni taqdim etuvchi dasturni e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Ushbu grant dasturiga topshirmoqchi bo’lganlar universitetda mavjud bo’lgan istalgan sohani tanlashi mumkin.

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu grantni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy yengilliklar bilan ta’minlanadi:

  • 100 ta talaba (bakalavr va magistlar) ning kontrakt to’lovi to’liq to’lab beriladi.
  • 90 tagacha talaba bir martalik 5 ming yevro miqdoridagi stipendiya to’lovi bilan ta’minlanadi.

Lekin talabalar 184 yevro miqdoridagi hududiy soliq (regional tax) va ro’yxatdan o’tish xarajatlarini o’zi qoplashi lozim.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Bakalavrga kirmoqchi bo’lganlar litsey/kollej diplomiga; magistraturaga kirmoqchi bo’lganlar bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod o’zi tanlagan yo’nalishga kirish uchun belgilangan talablarga javob berishi lozim. Talablar yo’nalishlarga qarab farq qiladi va nomzodlar bu talablar bilan apply.unive.it portalidan o’z sohalarini tanlash orqali tanishi mumkin.
  • Nomzod apply.unive.it platformasi orqali Ca’ Foscari universitetidan ro’yxatdan o’tishi va bakalavr yoki magistr sifatida o’qishga qabul qilinishi lozim.
  • Ona tili ingliz tili bo’lmaganlar ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL va b) topshirishi lozim. Bakalavr uchun IELTS daraja minimum 5 bo’lishi, magistratura uchun minimum 6 bo’lishi lozim. Lekin nomzodlar IELTS ballari qancha yuqori bo’lsa, tanlanish ehtimoli shuncha yuqori ekanligi va ballar qancha past bo’lsa, tanlanish ehtimoli shuncha past bo’lishini hisobga olishi lozim. Agar nomzod bakalavr bosqichini to’liq ingliz tilida o’qigan bo’lsa, uning diplomi ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat sifatida qabul qilinishi mumkin. Ingliz tiliga qo’yilgan talablar bilan SHU YERDA (http://www.unive.it/pag/16406/) batafsil tanishishingiz mumkin.

Hujjat topshirish jarayoni: Talabalar ushbu grant dasuriga 2018-yilning 30-apreligacha ariza topshirishlari mumkin. Arizani SHU YERDAN yuklab oling. Grantni qo’lga kiritganlarga apply.unive.it portali orqali xabar qilinadi.

Ariza topshirish uchun nomzod quyidagi harakatlarni amalga oshirishi kerak:

  1. Tanlangan o’qish sohasiga grant arizasini topshirish uchun apply.unive.it portalidan ro’yxatdan o’ting.
  2. Portal oynasining yuqori o’ng burchagidagi o’z ismingiz ustiga sichqoncha tugmasini bosing va u yerda sizning shaxsiy hududuingiz ochiladi. Shu hududdan «Have a reference code?» ni tanlang va unga quyidagini kiriting: Scholarship18/19.
  3. Tanlagan o’qish sohangiz uchun arizani to’ldiring, so’ralgan hujjatlarni yuklang.
  4. Grant uchun arizani to’ldirib, skaner qilib, uni ham yuklang va reference code (Scholarship18/19) ni kiritgan holda arizani yuklang. So’ng «Submit» tugmasini bosing.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Vengriya: Xalqaro biznes maktabida bakalavrlar uchun grant dasturi

$
0
0

Qayerda: Vengriya, Budapesht

Kim uchun: Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 30-apreligacha

Umumiy ma’lumot: Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan Xalqaro biznes maktabi (International Business School) bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun kontrakt pulining ma’lum qismini to’lab berish va shu orqali iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash dasturini yo’lga qo’ygan.

O’qish sohasi: Xalqaro biznes maktabi quyidagi yo’nalishlarga bakalavrlarni qabul qiladi:

  • Financial Management;
  • Business and Diplomacy;
  • Management;
  • Management with Arts;
  • Management with Tourism;
  • Management with Psychology;
  • Management with Marketing.

Iqtisodiy ta’minot: Xalqaro biznes maktabi bakalavrlarga ikki xil iqtisodiy ko’mak dasturini taqdim etadi:

1-dastur: The IBS Starter Scholarship – Bakalavr bosqichiga yangi qabul qilinganlar uchun dastur. Ushbu dasturga ko’ra, agar nomzod universitetga qabul qilish talablariga to’la mos kelsa va bakalavr sifatida universitetga qabul qilinsa, birinchi o’quv yilida nomzod to’lashi kerak bo’lgan kontrakt pulining 50 foiz miqdori universitet fondlari tomonidan to’lab berilishi mumkin. Ushbu oliy ta’lim muassasasi bakalavr bosqichida o’qsih muddati – 3 yil.

Ushbu dasturga topshirmoqchi bo’lgan nomzodlarga qo’yilgan talablar:

  • Nomzod 18-25 yosh oralig’ida bo’lishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim (IELTS yoki TOEFL). IELTS overall band score 6.5 (with at least 6.0 in each component) or TOEFL 90 iBT (the certificate should not be older than 2 years).

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Litsey/kollej diplomi va fanlardan olgan baholar ro’yxati (ingliz tilida).
  2. Pasport nusxasi.
  3. Motivatsiya xati.
  4. IELTS yoki TOEFL sertifikati nusxasi.

Hujjat topshirish jarayoni:

Nomzod, dastlab, Xalqaro biznes maktabidagi bakalavrlar uchun mo’ljallangan dasturlarni birini tanlab, ushbu dasturga ariza topshirishi va kerakli hujjatlarni topshirshi lozim (olayn tarzda amalga oshiriladi). Bakalavrlik yo’nalishlarini tanlash va ariza topshirish uchun SHU YERNI bosing. Shuningdek, bir vaqtning o’zida nomzod scholarship@ibs-b.hu e-mail manziliga «The IBS Starter Scholarship» dasturiga topshirmoqchi ekanligini yozishi lozim. So’ng, ushbu stipendiyali dasturga qabul qilinganlik haqida yoki qabul qilinmaganlik haqida ma’lum vaqtda nomzodga xabar qilinadi. Nomzod ushbu stipendiyali dasturga qabul qilingacha, 2018-yilning 31-mayiga qadar kontrakt pulining qolgan 50 foizini to’lashi lozim (50 foizi universitet tomonidan qoplanadi).

Eslatma: Ushbu dastur faqat 1-o’quv yili uchun amal qiladi. Qolgan 2 yillik o’qish muddati uchun kontrakt puli talabaning o’zi tomonidan qoplanadi yoki talaba boshqa stipendiyali dasturga topshirish orqali keyingi yillar uchun ham kkontrakt pulining ma’lum qismidan ozod qilinishi mumkin (Qarang: IBS Academic Scholarship).

The IBS Starter Scholarship dasturi bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

2-dastur: IBS Academic scholarship. Ushbu dastur oldingi semestrning baholari va darslarni o’zlashtirish darajasiga qarab, talabalarga uch xil kategoriyadagi iqtisodiy ko’makni taqdim etadi.

1-kategoriya – Keyingi semestr kontrakt pulining 75 foizidan ozod qilishni nazarda tutadi. Ushbu stipendiyali dasturga ariza topshirish uchun talaba o’tgan semestr davomida quyidagi ko’rsatkichlarni qayd etgan bo’lishi lozim:

  • Talaba o’zi o’qiyotgan bakalavrlik dasturidagi modullar (fanlar) ning kamida 80 foizida qatnashgan bo’lishi lozim.
  • Talaba barcha kurs ishlari va imtihonlardan kerakli ballarni olgan bo’lishi lozim.
  • O’tgan semestrdagi fanlardan olingan baholarning o’rtachasi maksimal ballning 75 foizidan kam bo’lmasligi kerak.
  • Talaba birorta imtihonda yiqilib, qayta topshirmagan bo’lishi kerak.
  • Hech qaysi fandan yakuniy baholar 70 foizdan past bo’lmasligi kerak.

2-kategoriya – Keyingi semestr kontrakt pulining 50 foizidan ozod qilishni nazarda tutadi. Ushbu stipendiyali dasturga ariza topshirish uchun talaba o’tgan semestr davomida quyidagi ko’rsatkichlarni qayd etgan bo’lishi lozim:

  • Talaba o’zi o’qiyotgan bakalavrlik dasturidagi modullar (fanlar) ning kamida 80 foizida qatnashgan bo’lishi lozim.
  • Talaba barcha kurs ishlari va imtihonlardan kerakli ballarni olgan bo’lishi lozim.
  • O’tgan semestrdagi fanlardan olingan baholarning o’rtachasi maksimal ballning 75 foizidan kam bo’lmasligi kerak.
  • Talaba birorta imtihonda yiqilib, qayta topshirmagan bo’lishi kerak.
  • Ko’pi bilan ikkita fandan yakuniy baholar 70 foizdan past bo’lishi mumkin, qolgan fanlardan 70 foizdan past bo’lmasligi kerak.

IBS Academic Scholarship dasturiga 1-o’quv yilining 2-semestridan ariza topshirish mumkin. Lekin 1-kurs bakalavr talabalari The IBS Starter Scolarship dasturini qo’lga kiritgan bo’lsa, IBS Academic Scholarship dasturiga faqat 3-semestrdan (2-kursning birinchi semestridan) boshlab ariza topshira oladi; 1-kursning 2-semestri uchun IBS Academic Scholarship dasturiga topshira olmaydi.

IBS Academic Scholarship dasturi bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Eslatma: Bakalavr bosqichi uchun kontrakt to’lovi bir semestr uchun 3300 yevroni tashkil etadi.

Xalqaro biznes maktabining rasmiy vebsayti.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Deakin Universiteti: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun stipendiyalar

$
0
0

Qayerda: Avstraliya

Kim uchun: Bakalavriat, magistratura va Phd bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: Stipendiyali dasturlarga qarab farq qiladi

Umumiy ma’lumot: Avstraliyaning Deakin universiteti xalqaro va mahalliy yoshlar uchun kontrakt pulidan ozod qiluvchi va kontrakt pulining ma’lum qismini qoplab beruvchi bir qancha dasturlar taqdim etadi. Ushbu dasturlardan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

O’qish sohasi: Nomzod universitetda mavjud bo’lgan har qanday sohani tanlashi mumkin.

Iqtisodiy ta’minot: Deakin universiteti talabalarga bir qancha stipendiyali dasturlarni taklif etadi.

1-dastur: Deakin Vice-Chancellor’s International Scholarship. Ushbu dastur xalqaro talabalarga:
– kontrakt to’lovini 100 foiz miqdorida yoki;
50 foiz miqdorida qoplab berishni hamda o’qish materaillari uchun ketadigan xarajatlarni to’lab berishni nazarda tutadi. Dasturga bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar topshirishi mumkin.
Ushbu dasturga hujjat topshirish muhlati aniq bir sana bilan belgilab qo’yilmagan.

Ushbu dastur bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

2-dastur: Vice-Chancellor’s Academic Excellence Scholarship. Ushbu dastur bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda kontrakt puli 100 foiz qoplab beriladi hamda yiliga 5000 Avstraliya dollari miqdoridagi stipendiyani taqdim etadi. Bu dasturga yiliga 26 ta talaba qabul qilinadi. Bu dasturga hujjat topshirish muhlati 2018-yilning 8-yanvarigacha.

Ushbu dastur bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Nomzodlarga qo’yilgan umumiy talablar:

  • Nomzodlar o’zlari tanlagan yo’nalishga qabul qilish talablariga to’la mos kelishi kerak. Bu talablar bilan universitet rasmiy veb-saytiga kirib, kerakli yo’nalishni tanlash orqali tanishish mumkin.
  • Nomzod Deakin universitetidagi yo’nalishlardan biriga qabul qilinishi lozim.
  • Nomzod 2018-ylda o’qishni boshlashi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini talab darajasida bilishi kerak (IELTS yoki TOEFL). Ushbu talab yo’nalishlar va bosqichlarga qarab farq qiladi. Ballarga qo’yilgan talablar bilan universitet rasmiy veb-saytiga kirib, kerakli yo’nalishni tanlash orqali tanishish mumkin.

Xorijiy talabalar hujjatlarni onlayn tarzda topshiradilar.

Hujjat topshirish jarayoni bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Turli savollar yuzasidan enquire@deakin.edu.au email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘

Lund universiteti: Bakalavriat va magistratura uchun grantlar

$
0
0

Qayerda: Shvetsiya

Kim uchun: Bakalavr va magistr darajasini egallamoqchi bo’lganlar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yil fevraldan hujjat topshirish boshlanadi

Umumiy ma’lumot: Shvetsiyaning Lund universiteti iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida stipendiyali dastur e’lon qiladi. Dastur kontrakt to’lovining 25%, 50%, 75% va 100% gacha bo’lgan miqdorini qoplab beradi. Foizlar ko’rsatkichi fakultetga qarab belgilanadi, bunda talabaning o’zlashtirish ko’rsatkichi e’tiborga olinmaydi. Lekin talabalarning yashashi uchun ketadigan mablag’ni dastur qoplamaydi.

Kimlar hujjat topshira oladi:

  • Nomzod Yevropa ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hududiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo’lishi va to’lov-shartnoma asosida o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  • Nomzod bakalavr yoki magistraturada kamida 1 semestr (30ects) davom etadigan kursdan birini tanlashi kerak.

Kimlar qabul qilinadi:

Grant g’oliblari raqobatbardosh muhitda tanlab olinadi.
Ushbu dasturga hujjat topshirish uchun dastlab, Lund universitetida kursda o’qishni xohlasangiz, o’sha kursgaga www.universityadmissions.se orqali anketa to’ldirasiz. Biror kursga yoki bakalavr/magistratura bosqichiga anketa to’ldirib, hujjat topshirganingizdan keyin, kurslardan kamida 30 ECTS (baholash sistemasi) ga ega bo’lsangiz, va ariza pulini to’lagan bo’lsangiz, ushbu grantga hujjat topshirishingiz mumkin.

2018 yil kuzgi semestrdan o’qishni xohlovhilar uchun 2018-yil fevraldan hujjatlar qabul qilina boshlaydi.  

Hujjat topshirayotganda 600 ta so’zdan oshmagan motivatsion xat yozishingiz ham kerak bo’ladi. Unda sizning akademik ko’rsatkichlaringiz va baholaringiz qay darajada sizni ushbu grantga loyiq ekaningizni isbotlashini ko’rsatishingiz kerak bo’ladi.

Batafsil SHU YERDA (https://www.lunduniversity.lu.se/international-admissions/bachelors-masters-studies/scholarships-awards/lund-university-global)tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Vengriyadan to’liq qoplanadigan grant va oylik stipendiya

$
0
0

Qayerda: Vengriya

Kim uchun: Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida ta’lim olishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yil 16-fevraliacha

Umumiy ma’lumot: Dasturdan maqsad Vengriya va boshqa davlatlar o’rtasida madaniy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarni rivojlantirishdir. Hozirda 41 mamlakat bilan dastur doirasida hamkorlik bor.

Nomzodlar Vengriiyadagi oliy ta’lim muassasasi talab darajasiga qo’ygan tilni bilishlari kerak. Ingliz tilida bo’ladigan dasturlar uchun talabalar universitet talab qilgan darajada ingliz tilini bilishlari kerak. Venger tilida bo’ladigan dasturlar uchun esa talabalar institutda o’qishni boshlashdan oldin 1 yillik venger tili kursiga qatnaydilar.

Ta’lim sohasi: Ta’lim sohasi datlatlar va universitetlarga qarab farq qiladi. MANA SHU YERDA dasturda qatnashadigan Vengriya universitetlari ro’yxati mavjud. Shu ro’yxat orqali universitet rasmiy saytiga kirib, ta’lim sohalari bilan tanishish mumkin.

Grant o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Kontrakt to’lovi to’liq to’lab beriladi
  • Oylik stipendiya beriladi: Hali darajaga ega bo’lmaganlar, bakalavrlar, magistrlar uchun oylik stipendiya HUF 40 460 (130 yevroga teng) o’qishni bitirguncha yiliga 12 oy beriladi; Doktoranturada o’qiyotganlar uchun dastlabki  1-bosqichda (4 semestrda) oyiga HUF 140 000 (450 yevroga teng), 2-bosqichda esa (4 semestr) HUF 180 000 (580 yevroga teng) o’qishni bitirgunicha har oy beriladi.
  • Turar joy: Talaba yotoqxonadan bepul turar joy bilan ta’minlanadi yoki oyiga HUF 40 000 dan ijaraga turishi uchun beriladi. Yodingizda bo’lsin, agar talaba yotoqxonada yashamasa, unga HUF 40 000 miqdorida pul ajratiladi, lekin katta shaharlarda, masalan poytaxt shaharda bu pul ijara haqini qoplashga yetmaydi.
  • Tibbiy sug’urta: Vengriya qonunchiligiga ko’ra sug’urtalangani haqida hujjat va qo’shimcha bir yilga HUF 65 000 miqdorda (205 yevroga teng) sug’urta puli ajratiladi.

Tilga qo’yiladigan talablar: Nomzodlar agar institute tomonidan ko’rsatilgan minimum til ko’nikmalariga ega bo’lsalar, hujjat topshirishlari mumkin. Ingliz tilidagi dasturlar uchun tanlangan institute tomonidan qo’yilgan talab darajadasida ingliz tilini bilish kerak. Venger tilidagi dasturlar uchun esa talabalar bir yillik venger tili kursida tahsil oladilar. Venger tiliga qo’shimcha, ular tanlagan sohalari bo’yicha darslarni venger tilida o’tadilar. Boshqa tildagi dasturlar uchun nomzodlar institute tomonidan o’sha tilni bilish darajasiga qo’ygan talabga javob berishlari kerak.

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Hujjat topshirish jarayoni:

  • Nomzodlar barcha kerakli ma’lumotlarni onlayn anketada ingliz tilida to’ldirishlari va saqlashlari kerak
  • Nomzodning yaqinda tushgan rasmi (rasmga tushganiga 2 yildan oshmagan bo’lishi kerak)
  • Talaba almashinuv dasturi bo’yicha hujjat topshirayotganlar o’qish muddatini aniq ko’rsatishlari kerak (1 yoki 2 semestr) va qachondan o’qish boshlamoqchiliklarini yozishlari kerakn (Sentabr yoki fevral)
  • Motivatsion xatTanlangan o’quv dasturining tilida yoki venger tilida
  • Minimum 1 bet, Times New Romanda 12 kegelda yozilishi kerak
  • Til bilish darajasini isbotlovchi hujjat va uning venger yoki tanlangan o’qish tilidagi nusxasi
  • Til bilish darajasini isbotlovchi hujjatning skanerlangan varinati va uning tarjimasi
  • Bakalavrga topshirmoqchi bo’lganlar maktabdan attestati/ kollej diplomi va tarjimasi. Ularning skanerlangan nusxasi va tarjimasi

Batafsil SHU YERDA (http://studyinhungary.hu/study-in-hungary/menu/stipendium-hungaricum-scholarship-programme) tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Lingnan univeristetida bakalavr bosqichida o’qish uchun 100%lik grant

$
0
0

Qayerda: Gong-Kong (Xitoy)

Ariza topshirish muhlati: 2018-yil 9-aprel

Kim uchun: barcha uchun

Grant turi: Bakalavr

Umumiy ma’lumot: Xitoy Xalq Respublikasining Lingnan universiteti chet ellik talabalarga stipendiya dasturini taklif qiladi (Non-local Student Scholarships). Xorijiy talabalar quyidagi stipendiyalardan birini olishi mumkin:

  • To’liq stipendiya – to’lovlarni to’lash, yotoqxonada turar joy va akademik xarajatlarni qisman to’lash va yashash xarajatlari.
  • 50%lik grant (Half Scholarship)
  • O’qish to’lov-kontraktni to’lash (Tuition Scholarship)
  • O’qish to’lov-kontraktining yarmini to’lash (Half-tuition Scholarship)

Har bir stipendiya har yili qayta tiklanadigan shaklda taqdim etiladi va butun universitetdagi o’qish davomida davom etishi mumkin.

Grantlar quyidagi bakalavr dasturlari bo’yicha beriladi:

Faculty of Arts  

  • Chinese
  • Contemporary English Studies
  • Cultural Studies
  • History
  • Philosophy
  • Translation
  •  Visual Studies
  • Chinese Literature, History and Philosophy
  • Film and Media Studies
  • Student-designed Major

Faculty of Business  

  • Accounting
  • Finance
  • Human Resource Management
  • Marketing
  • Risk and Insurance Management

Faculty of Social Sciences

  • Economics
  • Political Science
  • Psychology
  • Sociology
  • China and Asia Pacific Studies
  • Social and Public Policy Studies

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

O’qish Gongkong shahrida bo’ladi, shu sababli Talabaning talaba vizasi yoki o’qish uchun ruxsatnomasi bo’lishi kerak;

  • Xitoy yoki ingliz tilini bilishi kerak (TOEFL ibt – 79, IELTS – 6.0);
  • tanlangan dastur talablariga javob berishi kerak (Har bir yo’nalish bo’yicha talablarni qarab chiqing)

O’rta maxsus ta’limdagi a’lo baholarga qaraganda jamoatchilik faoliyati bilan shug’ullanadigan nomzodlarga ko’proq imkoniyat beriladi.

Grant uchun SHU YERDA onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

Barcha o’zingizni qiziqtirgan savollaringizni UGadm@LN.edu.hk email manziliga ingliz tilida yuborishingiz mumkin.

Lingnan universiteti haqida SHU YERDA poster orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!


Tailandda bakalavr bosqichida o’qish uchun grant

$
0
0

Qayerda: Tailand

Ariza topshirish muddati: 2018-yilning 30-iyunigacha

Kim uchun: Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Umumiy ma’lumot: King Mongkut Texnologiya Instituti (KMITL) butun dunyodan kelgan talablar uchun bakalavr dasturi davomidagi to’liq o’qish pulini qoplab beruvchi grantlarni taklif qiladi.

O’qish sohasi: Nomzodlar universitetda mavjud istalgan sohani tanlashi mumkin.

Iqtisodiy ta’minot:

Universitet quyidagi stipendiyali dasturlarni taqdim etadi:

  • International College Undergraduate Scholarship for International Students: Kontrakt pulini to’liq qoplab beradi
  • Full Scholarship: Kontrakt pulini to’liq qoplab beradi
  • Merit Scholarship: Yiliga 10,000 Baht (taxminan 306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya
  • Hardship Scholarship: Yiliga 10,000 Baht (taxminan 306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya
  • Activity Scholarship: Yiliga 10,000 Baht (taxminan 306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya
  • Student Awards for Academic and Athletic Achievement: Yiliga 50,000-10,000 Baht (taxminan 153-306 AQSh dollari) miqdorida stipendiya

Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni:

  • International College Undergraduate Scholarship for International Students: Har bir yo’nalish bo’yicha 1-2 ta
    Full Scholarship: 38 ta
    Merit Scholarship: 400 ta
  • Hardship Scholarship: 800 ta
  • Activity Scholarship: 200 ta
  • Student Awards for Academic and Athletic Achievement: Aniq belgilab qo’yilmagan

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Tailand fuqarosi bo’lmasligi;
  • Biror bir OUV ga qabul qilingan va kelasi yili o’qishni boshlash arafasida bo’lgan bo’lishi kerak;
  • TOEFL testini topshirib qoniqarli natijaga erishgan bo’lishi kerak;
  • Yuqori maktab(ya’ni akademik litsey yoki kollej) ni GPA, ya’ni o’rtacha baholash tizimi bo’yicha 4 (yoki shunga teng) dan kamida 3 baho bilan yakunlagan bo’lishi kerak.

Hujjat topshirish tartibi:

Quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  1. Onlayn portal orqali ariza formasi to’ldiriladi va topshiriladi
  2. Quyidagi hujjatlar tayyorlanadi:
  • Passport fotonusxasi
  • Oxirgi reyting ballari transkripti. Ariza to’ldirilganda fotonusxasini jo’natish mumkin, lekin intervyu kuni asl nusxasi taqdim qilinadi
  • Standardlashtirilgan testlardan olingan ball natijalari
  • Akademik portfolio (agar mavjud bo’lsa) va boshqa hujjatlar arizaga qo’shimcha jo’natilishi yoki intervyu payti hakamlarga taqdim qilinishi mumkin.1. Barcha hujjatlarni joylashtirgan holda onlayn ariza topshirish tizimi orqali
  • 2. Registratsiyadan o’tkazilgan mail yoki shaxsan topshirish mumkin
  • Arizalar 2 xil yo’l orqali yuborilishi mumkin:
    1. Barcha hujjatlarni joylashtirgan holda onlayn ariza topshirish tizimi orqali.
    2. Registratsiyadan o’tkazilgan mail yoki shaxsan topshirish mumkin.

Batafsil SHU YERDA (https://www.ic.kmitl.ac.th/index.php/admission/scholarships) tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Shanxay hukumati xalqaro talabalar uchun granti

$
0
0

Qayerda: Xitoy

Ariza topshirish muddati: 30-aprel, 2018-yil

Kim uchun: Barcha

Umumiy ma’lumot: Shanxay hukumati xalqaro talabalarga 2018-2019-o’quv yili uchun bakalavr, magistr va doktorantura bosqichida o’qish uchun stipendiya dasturlarini taklif qiladi. Dasturga faqat talablarga javob beradigan xalqaro talabalar qabul qilinadi.

Grant miqdori:  Ushbu dastur  magistratura talabalari va doktorantura uchun universitetda o’qish to’lovni, turar joy, stipendiya va kompleks tibbiy sug’urtalashni o’z ichiga oladi. Bakalavr bosqichi uchun faqat o’qish to’lovi va tibbiy sug’urtani o’z ichiga oladi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar:

  • Xitoy fuqarosi bo’lmagan salomatligi yaxshi bo’lgan shaxs;
  • Xitoy universitetlarida tahsil olmayotgan hamda ro’yxatdan o’tmagan;
  • Bakalavr dasturlari uchun murojaat qilganingizda 25 yoshgacha bo’lgan o’rta maktab bitiruvchisi bo’lish;
  • Doktorlik dasturlari uchun magistratura diplomiga ega 40 yoshgacha bo’lgan;
  • Magistrlik dasturlari uchun bakalavr darajasi ega 35 yoshgacha bo’lgan;
  • Akademik va qo’shimcha o’quv mashg’ulotlarida juda yaxshi bo’lgan hamda Xitoy hukumatidan hech qanday grant dasturlarida ishtirok etmagan talabalar topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirish tartibi:

Quyidagi hujjatlarni nomzodlar taqdim etishlari lozim:

  • Shanxay Hukumatiga grant uchun ariza shakli http://www.study-shanghai.org manzilida ariza shaklini to’ldirib chop eting);
  • Ro’yxatdan o’tish uchun anketa(http://ao.sufe.edu.cn/) saytidan onlayn tarzda ro’yxatdan o’tib chop eting);
  • Diplomni notarial tasdiqlangan shakli ( xitoy yoki ingliz);
  • Akademik transcript (Xitoy yoki ingliz tarjimalari);
  • O’quv rejasi yoki tadqiqot taklifi (Xitoy tilida yozilgan 800 ta so’zdan kam bo’lishi kerak);
  • professor yoki dotsent tomonidan imzolangan ikki tavsiyanoma;
  • Salomatligi to’g’risida maxsus ma’lumotnoma;
  • HSK sertifikatning nusxasi (min HSK 5);
  • Pasport nusxasi;
  • Ariza uchun to’lov (Bakalavr talabalari uchun 415 yuan; Magistratura talabalari va doktorantlari uchun 830 yuan).

Hujjatlarni universitet manziliga to’liq holda 2018-yil 30-aprel sanasiga qadar jo’natish lozim.

To’liq ma’lumot uchun: ShU YERDA 

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

Tailand: Bakalavriatda o’qish uchun to’liq grant va oylik stipendiya!

$
0
0

Qayerda: Tailand

Kim uchun: Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 31-martigacha

Umumiy ma’lumot: Tailandning International School Eastren Seabird universiteti bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun ta’lim granti e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu grantni qo’lga kiritgan talaba quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi;
  • Nomzod vatanidan Banggokka kelish va ketish xarajatlari qoplanadi;
  • Turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Tailandda hayot kechirish uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Sotib olinishi kerak bo’lgan kitoblar uchun to’lov puli ajratiadi;
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi.

O’qish sohasi: Quyidagi sohani tanlaganlar ushbu grantga qatnasha oladi:

  • Aerospace engineering (AERO)
  • Nano engineering (NANO)
  • Information and communication engineering (ICE)
  • Automotive design and manufacturing engineering (ADME)

Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni: 100 ta.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Nomzod 25 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  • Kollej/litseyda oxirgi 4 semestrda olgan baholarining o’rtachasi 4 lik sistemada 3.5 dan (5 lik sistemada 4.4 dan) past bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod ham jismoniy, ham ruhiy sog’lom bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasi isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim. Minimal ballar: TOEFL (iBT) score not less than 80 or IELTS score not less than 6.0.
  • Nomzod matematikadan SAT testini topshirgan bo’lishi (topshirishi) lozim. Minimal ballar: SAT (Math) and SAT II (Math Level II) score not less than 600 (each).
  • Nomzodning SAT testidagi fizika va kimyo ballari 600 dan past bo’lmasligi lozim (Science: SAT II (Physics and Chemistry) not less than 600 (each)).

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Maxsus ariza, to’ldirilgan va yaqinda olingan surati qo’yilgan bo’lishi kerak.
  • CV (tarjimai hol) va Maqsad izohi (Statement of Purpose).
  • Kollej/litseyda olgan baholari – ingliz tilida.
  • Ikkita tavsiyanoma – o’qituvchi yoki dekandan.
  • Pasport nusxasi.
  • TOEFL yoki IELTS, Matematika (SAT I va II), Fizika (SAT II) va Kimyo (SAT II) dan sertifikatlar.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim va ular onlayn tarzda topshiriladi. O’qish ingliz tilida bo’ladi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!

 

Xitoy: Tibbiyot sohasida to’liq grant

$
0
0

Qayerda: Xitoy, Taivan

Kim uchun: Tibbiyot sohasida ta’lim olishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 15-martigacha

Umumiy ma’lumot: Xitoyning I-Shou tibbiyot universiteti bakalavrdan keyingi bosqichda ta’lim olishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Ushbu grant dasturi «Doctor of Medicine» dasturida o’qishni xohlovchilar uchun mo’ljallangan.

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu grantni qo’lga kiritgan nomzod quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’miinlandi:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi.
  • Hayot kechirish uchun stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • Turar joy xarajatlari qoplanadi./turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Ta’lim olish uchun kerakli bo’lgan materiallar bilan ta’minlanadi.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod bakalavrlik yoki undan yuqori bosqich diplomiga ega bo’lishi kerak.No

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Belgilangan tarzdagi ariza. Ariza onlayn tarzda to’ldiriladi, keyin yuklab olinishi, so’ng printerdan chiqarib olinishi kerak.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Bakalavrlik yoki undan yuqori bosqich diplomi hamda baholar ro’yxati. Ushbu hujjatlar ingliz tilida bo’lishi hamda notarial tasdiqlangan bo’lishi lozim.
  4. Biologiya, kimyo yoki boshqa tabiiy fanlarni o’qiganligi hamda muvaffaqqiyatli tugatganligi haqidagi ma’lumotnoma.
  5. Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL). IELTS minimum 6 bo’lishi va hech qaysi bo’lim 5.5 dan past bo’lmasligi kerak.
  6. Ingliz tilida avtobiografiya.
  7. Uchta tavsiyanoma.
  8. Shuningdek, nomzodning ijobiy taraflarini ko’rsatuvchi boshqa hujjatlar (amaliyot o’taganligi, volontyorlik qilganligi va hk).

Barcha hujjatlar qog’oz shaklida Xitoy elchixonasiga topshirilshi lozim.

Hujjat topshirish jarayoni: Hujjat topshirishda onlayn tarzda amalga oshiriladigan harakatlar ham mavjud. Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. SHU YERDA akkaunt yarating va kiring.
2. Arizada so’ralgan ma’lumotlarni kiriting.
3. Kiritgan ma’lumotlarni «Confirm» tugmasi orqali tasdiqlanf. So’ng «Finish and Print» tugmasini bosib, arizani chiqarib oling. Ushbu harakatdan keyin akkaunt o’z kuchini yo’qotadi va undan boshqa ma’lumot kiritish imkonsiz bo’lib qoladi.
4. Chiqarilgan ariza va boshqa kerakli hujjatlarni qog’oz shaklida Xitoy elchixonasiga topshiring.

Arizani onlayn to’ldirish uchun SHU YERGA kiring.

Eslatma: Ushbu dastur magistrlik bosqichi dasturi hisoblanmaydi va 4 yil davom etadi. O’qish so’nggida bitiruvchilarga bakalavrlik diplomi beriladi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib, xabardor bo’ling!

Xitoy: Bakalavriat, magistratura va PhD – to’liq grant, oylik stipendiya va turar joy ta’minlanadi

$
0
0

Bugungi kunda Xitoy hukumati tomonidan chet ellik talabalarning Xitoy oliygohlarida tahsil olishi uchun ko‘plab grant dasturlari, stipendiyalar ajratilgan.

Talabalar puxta bilim olib, Vatanimizga yetuk mutaxassis bo‘lib qaytib kelishlari uchun katta imkoniyatlar mavjud.

Nima uchun aynan Xitoyni tanlash lozim?

* Ming yillik tarix va madaniyatga egaligi;
* Ishga joylashish imkoniyatlarining ko‘pligi;
* Xalqaro darajadagi ta’lim va xalqaro diplom;
* Qulay yashash sharoiti va qoniqarli narx-navo.

Xitoyda ta’lim olishni istayotgan talabalar uchun Yes china ta’lim markazi o‘zining xizmatlarini taklif etadi.

Kompaniya orqali siz Xitoyning ko‘zga ko‘ringan ta’lim muassasalariga Grant asosida kirish imkonini qo‘lga kiritasiz.

Kompaniya Xitoyning nufuzli 70 ta universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Shu sababli, yoshlarning xavfsiz, ishonchli tahsil olishi va yashashi kafolatlanadi.

Eng muhimi, barcha xizmatlar – hamyonbop narxlarda!!!

Agarda siz Xitoyda bakalavriat, magistratura yoki doktorantura (PhD) bosqichida tahsil olish, xitoy tili o‘quv kurslarida o‘qish niyatida bo‘lsangiz, Yes China kompaniyasiga murojaat qiling.

O’qish-$0
Yotoqxona-$0
Stipendiya-$250-$450gacha

Eng yuqori sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakatda tajriba oshirish va yurtimizga zarur tajriba bilan qaytgan holda katta marralarni zabt etish yanada oson.

Qabul: 2018-yilning 26-yanvarigacha, o’qish sentabrdan boshlanadi shoshiling va o’zingiz uchun muvofaqiyat eshiklarini oching!

Murojaat uchun telefon:
+998951992800
+998983652800
+998907182700

Yoki saytimizga xabar qoldiring biz sizga qo’ng’iroq qilamiz:
Sayt: yeschina.uz
Facebook: www.facebook.com/yeschinauz/
Instagram: www.instagram.com/yeschina.uz/
Email: yeschinauz@gmail.com

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib, xabardor bo’ling!

Viewing all 28 articles
Browse latest View live